Biz haqimizda

«GST OIL» MChJ

O’zbekistonda ilk bor HYUNDAI maxsus texnikalariga hizmat ko’rsatuvchi servis markazi sifatida 2005 yil tashkil qilingan. Korxona hodimlari soni 40 kishi atrofida bo’lib, ularning qatorida  Hyundai maxsus texnikalarini sozlash boyicha 7 yildan 20 yilgacha ish tajribasiga ega bo’lgan motorist, elektrik, chilangar-mehanik mutahassislar mavjud.

O’zbekistondan harid bo’yicha buyurtmalar sonining oshib borishi tufayli 2011 yilda «GST KOREA Co. LTD» vakolatxonasi tashkil etildi.

Korxona o’zining malakali boshqaruv tizimi va malakali hodimlariga tayangan holda, 2005 yildan hozirgi kungacha dunyoga mashxur Hyundai brendining yuqori sifatiga ishonch hosil qilgan haridorlar sonini tobora ko’paytirib bormoqda.

Mijozlarimiz qatorida O’zbekiston Respubliklasining barcha hududlarida joylashgan mingdan oshiq korxona halq xo’jaligining quyidagi tarmoqlarida faoliyat ko’rsatuvchi korxonlar mavjud:

– qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaliklari

– tog’ va konchilik soxasi

– ishlab chiqarish

– elektr  va gaz ta’minoti

– suvsozlik; kanalizasiya, meliorasiya va chiqindilarni tozalash soxalari

– qurilish

– transport va omborxona hizmatlari

HYUNDAI maxsus texnikalari o’zining samaradorligi va ishonchliligi, hamda qo’llash va hizmat ko’rsatishda qulayligi tufayli O’zbekiston hududidagi bunyodkorlik va qurilish loyihalarining amalga oshilishida o’z hissasini qo’shib bormoqda.

O’z navbatida korxona mijozlarga hayrixoxligi, hamkorlar bilan o’zaro ishonchli aloqalarning o’rnatilishi, maxsulotlar esa hamyonbop narx va ayni damda yuqori sifatga ega bo’lganligi tufayli haridorlar orasida mukammal obro’ga sazovor bo’ldi. Aynan shu sababli korxonamiz 2005-yildan buyon Hyundai Construction Equipment Co., Ltd. korxonasining O’zbekistondagi yagona eksklyuziv distibutoridir.