Rasmiy ogohlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 382-moddasi birinchi bandiga asosan, bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish choralarini ko‘radilar.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 382-1-moddasiga muvofiq, olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlari Intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reyestriga kiritilgan ob’ektlarga bo‘lgan huquqlar buzilganligi belgilarini aniqlasa, quyidagilarni amalga oshiradi:

  • Bu haqida bir ish kuni ichida huquq egasini xabardor qiladi;
  • Xabardor qilingan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida huquq egasidan ariza tushganda — ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq uning huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 385-moddasiga va Bojxona qo‘mitasi rahbariyatining intellektual mulk ob’ektlarini Intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reyestriga kiritish to‘g‘risidagi qaroriga asosan, “Hyundai Construction Equipment” brendi mazkur reyestrga 00607-son bilan kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamentida ro‘yxatga olingan litsenziya shartnomasiga asosan, “Hyundai Construction Equipment” brendidan foydalanish huquqi “GST OIL” MCHJ XK ga tegishlidir.

O‘zbekistondagi manzil: 100050, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, ko‘ch. Korasuv bo'yi, 118-bino
Mo'ljal : TAPOiCh
Products
Crawler excavators
Wheeled excavators
Backhoe loaders
Mini loaders
Special vehicles
Wheel Loader
Special equipment Sinomach
Hangcha Forklifts
Crushing and screening Samyoung equipment
Kontaktlar